17 yoshli Endrik Braziliya terma jamoasida ketma-ket 3ta o'yinda gol urdi. U o'yinlarning barchasida zaxiradan maydonga tushgan

Alisher
9 iyun 2024, 12:21
Endrik Meksika terma jamoasi darvozasini 90+6da ishg'ol qilgan holda Braziliya terma jamoasi safida ketma-ket uchta o'yinda gol urdi.

Iyulda "Real" o'yinchisiga aylanadigan 17 yoshli forvard Meksika (3:2)ga qarshi o'rtoqlik o'yinida braziliyaliklarning g'alaba goli muallifi bo'ldi.

Endrik "selesao" tarkibidagi 5ta o'yinda 3ta gol urdi.

U joriy yil ketma-ket 3ta o'rtoqlik o'yinida to'p kiritdi – Endrik meksikaliklarga qarshi o'yingacha Angliya (1:0) va Ispaniya (3:3) darvozalarini ishg'ol qilgan. Shu bilan birga, hujumchi barcha uch o'yinda zaxiradan maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sports