Zinedin Zidan: "Atletiko" har tomonlama bizdan yaxshiroq edi"

Alisher
27 iyul 2019, 11:18
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Atletiko" (3:7)dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng yangi mavsumda muvaffaqiyatli ishtirok etishga umid qilayotganini aytib o'tdi.

"Biz o'yinni yomon tarzda boshladik. 8 daqiqa o'tib esa 0:2 hisobida yutqazayotgan edik. Bizga ko'p narsa yetishmadi. Ayniqsa, bu daraja uchun zarur bo'lgan intensivlik. Raqib 7ta gol urdi, buni qabul qilish mumkin emas. Buni g'amgin futbolchilarimiz ham tushunib turishibdi. Bu mavsumoldi o'yin. "Atletiko" bizdan har tomonlama kuchli o'ynadi. Boshqa nima ham deyishim mumkin.

Biz mavsumga tayyorgarlik ko'ryapmiz. "Real" 17 avgustda bo'lib o'tadigan La Liganing birinchi turiga tayyor bo'lishi kerak. Klubni yaxshi mavsum kutmoqda. Afsuski, biz bugun xursand bo'la olmadik", - deydi Zidan.

Eslatib o'tamiz, Xalqaro chempionlar chempionlar kubogi doirasidagi "Real" va "Atletiko" bahsida "matraschilar" raqibni yirik (7:3) hisobda mag'lubiyatga uchratishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/realmadriden