
Luis Enrikening o'z reja va maqsadlari mavjud. U "Barselona"da ushbu rejalarini amalga oshirmoqda. Agarda Luis Enrike ketma-ket ikki o'yinda g'alaba qozonmasa iste'foga chiqarishimiz haqidagi xabarlar asossiz. Biz Enrikega hech qanday ultimatum qo'ymaganmiz. Messini Enrike jazolagani haqidagi xabarlar ham yolg'on. Leoning klub bilan tuzgan shartnomasi mavjud va uning ketishi borasidagi gaplar bizni tashvishga solmaydi.