Joze Mourinyu: "Bitta odam emas, butun boshli Braziliya terma jamoasi yutqazdi"
Aziz Tukhtamuradov
9 iyul 2014, 17:41
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo kechagi o'yindan so'ng David Luisni himoya qilib chiqdi.
"Bunday holatda aybni bitta futbolchiga ag'darish noo'rin. David Luis xatoga yo'l qo'yganmidi? Albatta. Lekin, u yerda Dante, Marselo va Fernandinolar ham bor edi. O'yinda bitta o'yinchi emas, butun jamoa yutqazadi", - deydi murabbiy.