JCH-2014. Ekvador uch ochko egasiga aylandi

Narzulla Saydullayev
21 iyun 2014, 05:14
Jahon chempionati "E" guruhida ikkinchi turning so'nggi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Gonduras hamda Ekvador jamoalari o'rtasida kechgan qiziqarli bahsda muxlislar uchto to'p guvohiga aylanishdi.


Birinchi turda mag'lubiyatga uchragan bu ikki alamzada jamoa, ikkinchi turda o'zaro bahs olib borishlariga to'g'ri keldi. Ekvador raqibiga nisbatan biroz tajribaliroq  va kuchliroq deb etiroy etilgan edi. Uchrashuv boshlanishi bilan Ekvador ushbu so'zlarni amalda isbotlashga kirishdi. Birinchi bo'limda jamoalar imkon qadar hujumkorroq futbol namoyish etishga urinishdi. Uchrashuvning 31-daqiqasiga kelib Gondurasning tashkil etgan hujumi gol bilan yakunlandi. Gonduras futbolchis Kostlining jarima maydonchasi oldidan yo'llagan zarbasini Domingez bartaraf eta olmadi va o'yinda hisob ochildi, 1:0.


O'tkazib yuborilgan golan so'ng Ekvador tezda hujumga otlandi va tezkor javob to'pini kiritishga erishdi.

34-daqiqada Ekvador hujumchisi Enner Valensiya jamoasi tomonidan uyushtirilgan hujumni samrali tarzda yakunlay oldi va hisobni tenglashtirdi, 1:1.

Jamoalar tanaffusga shu hisob bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'limda ham Ekvador ko'proq o'yinni nazorat qildi va bir qator hujumlar uyushtirdi.

65-daqiqada jarima zarbasidan so'ng tinib-tinchimas Enner Valensiya boshi bilan Gonduras darvozasiga ikkinchi golni kiritdi, 1:2.

Aynan shu gol uchrashuv taqdirini hal etdi va Ekvador uch ochkoni ishlab oldi.

Gonduras esa navbatdagi mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'ldi va keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini yo'qotdi.


JCH-2014. "E" guruhi, 2-tur.

GONDURAS - EKVADOR 1:2

Kuritiba. “Arena Bayshada” stadioni.


Bosh hakam: Benjamin Uilyams (Avstraliya)

Gollar: Kostli (31), Enner Valensiya (34, 65)

Gonduras: Valladares, Figeroa, Bernandez, Izagirre (Garsiya, 46), Bengtson, Kostli, Garsiya (Chaves, 83), Espinoza, Garrido (Martinez, 72), Klaros, Bekeles.

Ekvador: Domingez, Guagua, Erazo, Paredez, Noboa, Montero, Ayovi, Saysedo (Mendez, 82), E,Valensiya, Minda (Gruezo, 83), Antonio Valensiya.

Ogohlantirishlar: Bernandez (7), Bengtson (45), Antonio Valensiya (57), Enner Valensiya (73), Montero (80).

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1Fransiya22008 - 266
2Ekvador21013 - 303
3Shveytsariya21014 - 6-23
4Gonduras20021 - 5-40

Shahboz Beg'amov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia