Janluidji Buffon: Prandelli – judayam aqlli murabbiy

Aziz Tukhtamuradov
3 mar 2014, 22:38
Italiya terma jamoasi darbozaboni Janluidji Buffon terma jamoa ustozi Prandellini judayam hurmat qilishini ta'kidlab o'tdi.

“Prandelli o'zining yuqori saviyadagi murabbiy ekanligini isbotladi. U jiddiy inson. Futbolchilar bilan oson muomalaga kirishib keta oladi.

U bilan barcha mavzuda suxbatlashish mumkin. Hatto mamlakatimizdagi muammolar haqida ham. U doimo xalqning, oddiy odamlarning fikrini eshitishga o'rgangan.

Bu esa milliy terma jamoamiz atrofida muxlislarni birlashtirishga katta yordam beradi”, - deydi Buffon.  


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru