Jamoaning markaziy yarim himoyachisi Jahongir Abdumo'minov ham aftidan kelgusi faoliyatini xorij klublarining birida davom ettiradigan ko'rinadi.
Chunki unga Qozog'iston premer ligasining yetakchi klublaridan chorlov bo'lmoqda. Shuningdek Serbiya klublari ham Abdumo'minovni o'z safida ko'rishni istamoqda.
Lekin 20 yoshli futbolchining ayni paytda “Mashal” bilan amalda shartnomasi borligi tufayli jamoa rahbariyatining o'zi xorij klublari bilan muzokara olib bormoqda.
Agarda chet el klublarining taklifi “gazchilar”ni qanoatlantirsa, u xolda Jahongir ham legionerlarimiz qatoriga qo'shiladi.
Voqealar rivojini kuzatamiz.
Islombek Rustambekov