

"Calciomercato" xabariga ko'ra, Turin klubi 31 yoshli braziliyalik futbolchini yozda sotib yubormoqchi. Futbolchi bilan shartnoma 2023 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Hozircha klub braziliyalikka xaridor qidirish bilan band.
Ushbu mavsumda Sandro A Seriyada 31 o'yinda qatnashib, 1 gol va 1 assist qayd etdi.



