"Yuventus" va "Tottenxem" Zanologa qiziqmoqda. Turinliklar "Roma" xavbekini Dibalaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda

Alisher
6 fev 2022, 13:48
"Roma" yarim himoyachi Nikolo Zanolo klubini o'zgartirishi mumkin.

22 yoshli o'yinchiga Turinning "Yuventus" va Londonning "Tottenxem" klublari qiziqmoqda.

Shu bilan birga "keksa sinora" italiyalikning transferi uchun raqobatda o'zib ketishiga ishonadi.

"Yuventus" Zanoloni mavsum so'nggida klubdan ketishi mumkin bo'lgan Paulo Dibalaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Zanolo joriy mavsum A Seriya doirasida "Roma" safida 20ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it