"Yuventus" Raboni "Manchester Yunayted"ga sotishga rozi bo'ldi

Sherzod Nurmatov
8 avg 2022, 19:45
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachi Adrien Raboni "Manchester Yunayted"ga sotmoqchi.

"The Athletic" nashrining xabariga ko'ra, manchesterliklar shartnoma muddati yakunlanishiga bir yil qolgan yarim himoyachiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbaning takidlashicha, jamoalar allaqachon kelishuvga erishgan, endilikda futbolchining agenti bilan kelishuvga erishish qoldi.

Rabo 7 mln evro maosh oladi hamda jamoaning eng yuqori haq to'lanadigan o'yinchilari qatoriga kiradi.

Fransiyalik futbolchi 2019 yil PSJdan turinliklar safiga kelib qo'shilgandi. Shu paytgacha u 129 ta o'yinda 6 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic