"Yuventus" "Liverpul" hujumchisini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
30 may 2023, 18:33
Hujumchi Roberto Firmino "Liverpul" bilan shartnomasini uzaytirmaydi, u kelayotgan yozda jamoani tark etadi.

Futbolchiga "Yuventus" da'vogarlik qilmoqda. Turinliklar uni Dushan Vlaxovichga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. "Byankoneri" braziliyalik futbolchini erkin agent sifatida qo'lga kiritish va serbiyalikni 80 million evroga sotishga umid qilmoqda.

Avvalroq Firminoga "Real" ham qiziqish bildirayotgani aniq bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato