"Yuventus" Iguainning transferi tafsilotlarini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
24 yanv 2019, 14:50
Kecha Gonsalo Iguain "Chelsi"ga o'tgani rasman ma'lum bo'ldi.

Turin superklubi futbolchining transferi moliyaviy ma'lumotlarini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, "Chelsi" 31 yoshli futbolchining mavsum yakuniga qadar bo'ladigan ijarasiga 9 million evro to'laydi. Agarda jamoa uni olib qolishni istasa, yana 18 million evro to'lashi kerak. Shuningdek, shartnomada argentinalikni 36 million evroga sotib olish imkoniyati ham bor.

Gonsalo mavsumning birinchi qismini "Milan"da o'tkazgandi. Uning "Yuventus" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: JuventusFC