Yuriy Lukin: “Bunyodkor” har jabhada bizni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
29 okt 2013, 19:24
“Bunyodkor” – “Qizilqum” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida birinchi bo'lib zarafshonlik ustozi ishtirok etdi.
- Tezkor gol o'tkazib yubordik. Oqibatda raqib katta ustunlikka ega bo'ldi. Tan olaman birinchi bo'limda har jabhada “Bunyodkor”ga engildik. Ikkinchi bo'limda esa o'yinimiz jonlandi. Biroq hisob yirik ko'rinishga kelib bo'lgandi. Uchrashuvga moslasha olmaganimiz oqibatida engildik, deb o'ylayman. Jamoada vazifa bormi? Siz har safar shu savolni berasiz. Turnir jadvaliga qaraysizmi o'zi? “Bunyodkor”ni bu holatimiz bilan yutishimiz osonmidi? Oldimizda yana ikki uchrashuv bor. Ushbu o'yinlarda olti ochko ololsak, oliy ligada o'rnimizni saqlab qolamiz. Kurashamiz, - deydi Yuriy Pavlovich.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com