Yanuzay: “Finalda muxlislarsiz o'ynab bo'lmaydi”

“Real Sosedad” yarim himoyachisi Ispaniya Kubogi finali haqida gapirdi.

“Ertaroq qaytishni xohlardik, ammo eng muhimi - salomatlik. Sog'liksiz hech narsa qilib bo'lmaydi. Finalda esa muxlislarsiz o'ynab bo'lmaydi. Ushbu bahs ikkala jamoa muxlislari bilan o'tkazilsa yaxshi bo'lardi”, - deydi Adnan Yanuzay.

Ma'lumot uchun, “Real Sosedad” Ispaniya Kubogi finali doirasida “Atletik” bilan g'oliblik uchun bahsga kirishishi lozim. O'yin 18 aprelda bo'lib o'tishi belgilangandi.


Manba: TMW