Yangi mavsumda MLS JCH-2018 sabab 9 kunlik tatilga chiqadi

Tolibjon Qosimov
5 yanv 2018, 20:32
MLS yangi mavsumida Jahon chempionati-2018 sabab 9 kunlik tatilga chiqiladi.

Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi. Mundial shu yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, 2014 yil MLS Jahon birinchiligi sabab 2 haftaga to'xtatilgan edi. Lekin, unda AQSH terma jamoasi musobaqada ishtirok etgan. Bu yil esa amerikaliklar JCHda qatnashishmaydi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/MLS