Xorvatiya U17 – Panama U17. Omadsiz jamoalar o'rtasidagi o'yin oldidan

Narzulla Saydullayev
20 okt 2013, 12:35
Ertaga BAAda bo'lib o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatining 2-turidan o'rin olgan Xorvatiya – Panama uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Bu ikki jamoa avval FIFA musobaqalari doirasida hech ham ro'baro kelishmagan. Xorvatiya U17 Jahon chempionatlarida o'zining oxirgi 3ta o'yinida mag'lub bo'lgan.

Shu uch o'yinlarning har birida eng kamida uchtadan gol o'tkazgan va umumiy hisobda 10ta gol qo'yib yuborgan.

Panama ham o'zini salbiy tomondan namoyish etishda davom etmoqda. Ketma-ket to'rtta mag'lubiyatni qabul qilishdi va oxirgi uch o'yinda umuman gol ura olishgani yo'q.

So'nggi bor 2011 yilda Ekvadorga qarshi o'yinda Aguilar gol kiritganidan buyon Panama 327 daqiqa maydonda golsiz harakat qildi.

Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia