Xolandning agenti: "Erling transfer narxi milliard funtni tashkil qiladigan ilk futbolchi bo'ladi"

Administrator
22 okt 2022, 00:25
Agentning fikricha, Xolandning narxi fantastik darajaga chiqadi.

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandning agenti Rafaela Pimenta o'z mijozining kelajakda fantastik narxda bo'lishi haqida gapirdi.

"Bir milliard funt. Uni futbolchi sifatidagi narxi, imidji va hamkorlardan keladigan umumiy qiymatni hisoblasak, bu qiymat bir milliard funt atrofida bo'ladi. Menimcha, Erling transfer narxi milliard dollar atrofida bo'ladigan ilk futbolchi bo'ladi", -deydi Pimenta. 

Ma'lumot uchun, Xoland ushbu mavsum "Man Siti" tarkibida 14 uchrashuvda 20 ta gol va uchta assist qayd etdi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sports