Xojson - "Siti"ni safarda yutgan so'nggi 8 yillikdagi yagona murabbiy

Mirjalol Normatov
23 dek 2018, 11:45
"Manchester Siti" APLning 18-turida o'z maydonida "Kristal Pelas"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mehmonlar bosh murabbiyi Roy Xojson so'nggi 8 yillikda "shaharliklar"ni mag'lub etgan yagona ingliz murabbiyi bo'ldi.

"Siti" so'nggi marta 2010 yilda ingliz inson bosh murabbiylik qilgan jamoaga mag'lub bo'lgandi. O'shanda Xarri Rednapp boshchiligidagi "Tottenxem" Manchestyerdan 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytgandi.

Xojson 2017 yilning kuzida "Pelas" boshqaruvini o'z qo'liga olgandi. U hozirda 71 yoshda. U 2012-2016 yillar davomida Angliya termasini boshqargandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports