

Ular safida O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari o'ynaydigan klublar ham o'z bahslarini o'tkazishdi.
Anzur Ismoilov to'p tepadigan "Chanchun Yatay" klubi 3-turda "Shensi Chanba" klubini qabul qildi va 1:1 hisobida durang qayd etdi. Ismoilov o'yindan to'liq ishtirok etdi.

O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedovning "Shanxay SIPG" jamoasi "Guanjou Fuli" mehmoni bo'ldi. Bahs boshida mezbonlar 2:0 hisobida oldinga o'tib olishdi, ammo shanxayliklar iroda ko'rsatib, 5ta javob golini urishdi va yirik g'alabaga erishishdi. "Shanxay SIPG" hujumchisi Vu Li poker qayd etishga muvaffaq bo'ldi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov Vu Liga bitta golli pas berdi va 88-daqiqada maydonni tark etdi.




