
Shu tariqa, 67 yoshli murabbiy Gollandiya terma jamoasini Evro-2016 yakunigacha boshqaradigan bo'ldi.
Ma'lumotlarga ko'ra, ikki yildan so'ng uning o'rnini yordamchilaridan biri – Danni Blind egallaydi.
Xiddinkning yana bir boshqa yordamchisi esa yaqin o'tmishning mashhur hujumchilaridan biri Rud van Nistelroy bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Xiddink terma jamoani JCH-2014 musobaqalaridan keyin qabul qilib oladi.