Xenderson: "Starrij eng yaxshi ingliz markaziy hujumchisi"

Aslanov Jasurbek
27 dek 2016, 16:10
"Liverpul" yarim himoyachisi va sardori Jordan Xenderson jamoadoshi Deniel Starrij haqida fikr bildirdi.

"Deniel Starrij "Liverpul"da katta rol o'ynaydi. U biz uchun muhim futbolchi va jamoaga foyda keltirishga ulgurdi. Maygacha yana o'zini ko'rsatish uchun ko'p imkoniyat bo'ladi.

Starrij bu mavsumda o'zini ko'rsatdi. U bilan bir klub va bir terma jamoada o'ynashdan mamnunman. Fikrimcha, Starrij eng yaxshi ingliz markaziy hujumchisi" - deydi Xenderson.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com