Xenderson “Al Ittifoq”qa o'tishi haqida:“Men katta xatoga yo'l qo'ydim”

Khoja
15 mar 2024, 10:55
Yarim yil Saudiya Arabistonining “Al Ittifoq”ida harakat qilib, keyin yana Yevropaga qaytgan Jordan Xenderson u erga o'tishi xato bo'lganini ma'lum qildi.

“Futbol meni qonimda ekanligini yaxshi tushundim. Saudiya Arabistoni chempionati rivojlanmoqda, biroq bu menga to'g'ri kelmadi. Men u erga o'tib katta xatoga yo'l qo'ydim. Hozirda “Ayaks” futbolchisi ekanligimdan xursandman”, - deb fikr bildirdi Jordan.

Eslatib o'tamiz, yozda Xenderson Angliyadan Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tgandi. Uning haftalik maoshi 700 ming funtni tashkil qilardi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com