Xekking: "Germaniya terma jamoasini boshqarish? Nega endi yo'q?
Aslanov Jasurbek
24 apr 2017, 17:43
Menxengladbaxning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Diter Xekking Germaniya terma jamoasida ishlashga qarshi emas.
"Germaniya terma jamoasini boshqarish? Nega endi yo'q? Agar mening nomzodimni muhokama qilishsa, men ko'rib chiqqan bo'lardim. Ammo meni to'g'ri tushuning: O'zimni Bundesliga murabbiyi sifatida his qilyapman" - deydi 52 yoshli Xekking.