Xedira sobiq klubiga qaytishi mumkin

Alisher
10 avg 2019, 18:58
"Yuventus" yarim himoyachisi Sami Xedira shu yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Futbolchiga "Shtutgart" klubi qiziqish bildirmoqda. Xedira aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

32 yoshli o'yinchining Turin klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan.

"Yuve" o'yinchini tekinga qo'yib yuborishga ham qarshi emas.

Xedira yakunlangan mavsum A Seriyada 10ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Kicker