Xames Rodriges: "Real" safida bir necha yil o'ynamoqchiman"

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2014, 18:07
Xames Rodriges "Real"ga o'tganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu yerda bir necha ajoyib mavsumni o'tkazmoqchiman. Ko'plab sovrinlar qo'lga kiritish uchun ajoyib klubga o'tdim".

"Klubga nima bera olaman? Gollar, to'p uzatishlar va o'yinimni. Men oddiy odamman, jamoaga yordam berishni istayman. Maqsadim aniq. 1 avgustdan mashg'ulotlarni boshlashni va kundan kunga kuchayib borishni istayman".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru