Xadson-Odoi ushbu yozda "Chelsi"dan ketishga tayyor

Alisher
18 avg 2022, 14:43
"Chelsi" yarim himoyachisi Kallum Xadson-Odoi London klubidan ketishga tayyor.

21 yoshli angliyalik ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi. Ammo, "ko'klar" uni sotishga emas, ijaraga berishga tayyorlar.

Oldinroq, Xadson-Odoiga "Nyukasl", "Sautgempton" va "Borussiya" (Dortmund) qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.

Xadson-Odoi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 6ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 25 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: BBC