Vinisius "Real"ning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi

Sherzod Nurmatov
26 sen 2023, 15:04
"Real" vingeri Vinisius Junior jamoaning umumiy guruhi bilan mashg'ulotlarga kirishdi.

Vinisius mashg'ulotdan olingan suratni joylashtirdi va shunday deb yozdi: "Men tayyorman!"

Avvalroq Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Anchelotti Vinisius to'liq sog'ayib ketganini ma'lum qilgandi.

23 yoshli braziliyalik futbolchi La Liganing 3-turidan o'rin olgan "Selta" bilan o'yinda (1:0) olgan jarohati hamda gastroenterit tufayli 25 avgustdan beri maydonga tushmayapti. Xabar qilinishicha, Vinisius shu chorshanba, 27 sentyabr kuni "Real"ning "Las-Palmas"ga qarshi o'yini uchun qaydnomaga kiritiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Madrid Universal