Vinisius: "Benzema - ajoyib inson va buyuk futbolchi. U boshqalardan farq qiladi va "Real"ga juda ko'p narsa beradi"

Alisher
14 fev 2022, 17:38
"Real" hujumchisi Vinisius Junior jamoadagi sherigi Karim Benzema haqida gapirdi.

"Benzema - ajoyib inson va buyuk futbolchi. Karim maydonda va uning tashqarisida yordam berish uchun barchasini qiladi. Bunday sherik bilan o'ynash - orzu. 

Bunday o'yinchilarni videoo'yinlarda ko'rganman, uning darajasi hayratga soladi. Uning darajasidagi forvard bilan hech qachon o'ynamaganman deb o'ylayman. 

U boshqalardan farq qiladi va "Real"ga juda ko'p narsa beradi. Karim maydonda bo'lmagan payti, u jamoaga yetishmaydi", - deydi Vinisius.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com