Vilmots: "Kompani jarohati tufayli mashg'ulotlarda ishtirok etmayapti"

Tolibjon Qosimov
3 sen 2014, 16:30
Belgiya terma jamoasining bosh murabbiyi Mark Vilmotsning xabar berishicha, mashg'ulotlarning birida "Manchester Siti" himoyachisi jarohat olgan.
"Kompani bugun mashg'ulotlarda yo'q. U shifokor bilan to'pig'ini suratga tushirish uchun shifoxonaga ketdi. Natijasini kutyapmiz" - deb yozadi Vilmots o'z tvitterida.

Eslatib o'tamiz, 4 sentyabr kuni Belgiya terma jamoasi Avstraliya bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com