Villian: “Terma jamoaga chaqiruv olish uchun “Chelsi”ning asosiy tarkibiga kirishga harakat qilish kerak”

Tolibjon Qosimov
10 sen 2013, 18:15
“Chelsi” klubining yangi futbolchisi Villian, klubdagi raqobatning kuchligiga qaramay, klubning asosiy tarkibidan joy olishga va Joze Mourinyoning ishonchiga kirish uchun bor kuchini ishga solishini aytib o'tdi.

“Asosiy tarkibdan hali o'rin egallamaganligimni bilaman. Biroq undan joy olish uchun bor kuchimni ishga solaman.

Men mashg'ulotlarda yaxshi qatnashaman, yaxshi o'ynashga, bosh murabbiy va muxlislar ishonchiga kirish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilishga harakat qilaman.

Angliyada o'ynashim, terma safida Braziliyaga borishga imkon yaratadi. Lekin bularning barchasi o'z qo'limda.

Men yaxshi o'ynashim va manashu chaqiruvga loyiq bo'lishim kerak. Avvaliga “Chelsi”ning asosiy tarkibidan o'rin olsam bo'lgani”, - deydi Villian.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru