"Vest Xem" MYU bilan Lingardning ijarasi borasida kelishuvga erishdi

Alisher
29 yanv 2021, 14:20
Futbolchi faoliyatini Londonda davom ettiradi.

"Vest Xem" "Manchester Yunayted" bilan vinger Jessi Lingardning transferi borasida kelishuvga erishdi.

London klubi o'yinchini joriy mavsumning so'nggiga qadar ijaraga oladi. Futbolchining vaqtinchalik transferi londonliklarga maosh bilan birgalikda 3 million funtga tushadi.

"Nyukasl" va "Vest Bromvich" ham Lingardni ijaraga olishni xohlashgan edi, ammo angliyalik ularning taklifini rad etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports