Verratti – Italiya terma jamoasining yil futbolchisi!

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2015, 11:23
Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi yarim himoyachisi Marko Verratti Italiya terma jamoasining 2015 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi, deb xabar bermoqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti.
Muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovda Verratti mashhur darvozabon Janluiji Buffon hamda yarim himoyachi Antonio Kandrevani ortda qoldirdi. Bu ikki futbolchi mos ravishda kuchli uchlikdan joy olishdi. O'tgan yili ushbu mukofotni himoyachi Matteo Darmian qo'lga kiritgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: figc.it