Veratti "Barsa"ga o'tadimi? Futbolchi Tottenxemga qarshi bahsga tayyorgarlikda ishtirok etmayapti

Omonjon To`xtamirzayev
22 iyul 2017, 15:06
PSJ Londonning Tottenxem klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Ispaniyaliklar uzoq vaqtlardan beri Verattini o'z tarkiblarida ko'rishni istashayotgani hech kimga sir emas. Shu kunlarda jamoatchilik Neymarning Fransiya poytaxtiga yo'l olishi yoki Kataloniyada qolishini muhokama qilayotgan bir pallada, "ko'k-anorranglilar" raqibga zarba berishadi chog'i. 

Ta'kidlab o'tamiz, ma'lumotlarga ko'ra, italiyalik futbolchi jarohati bois mashg'ulotda ishtirok etmagan xolos. Ammo aslida vaziyat qanday tus olishini oldindan tahmin qilib bo'lmaydi.  

Shuningdek, ushbu o'yinda Tiago Mottaning ishtirok etishi ham so'roq ostida. Murabbiylar shtabi bu masalani bevosita o'yindan avval hal qiladi. 

Himoyachilar Tiago Silva va Markinos ham individual dastur bo'yicha mashg'ulot o'tkazgani e'tiborimizni tortdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru