Venger: "Kolashinac qo'l ostimda ishlagan jismonan eng kuchli futbolchi bo'lishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
19 avg 2017, 13:55
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger jamoaning bosniyalik himoyachisi Zead Kolashinac haqida fikr bildirdi.

"Kolashinac qo'l ostimda ishlagan jismonan eng kuchli futbolchi bo'lishi mumkin. U maydonda qoida buzmay, tanasidan to'g'ri foydalanmoqda. U to'p uchun kurashayotganda qo'pollikday ko'rinmaydi - u shunchaki kuchidan foydalanadi. Bu Angliya Premer-ligasiga ko'nikish uchun juda muhim sifat. Kolashinac hujumlarga qo'shilishi, raqib jarima maydonchasida xavfli futbolchiga aylanishi mumkin. U "Arsenal"ga o'tganidan so'ng bir nechta golli pas berishga ham muvaffaq bo'ldi. Unda ajoyib dribling bo'lmasligi mumkin, ammo hujumga qo'shilishi juda foydali" - deydi Venger.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal