Van Gal - durang haqida: "Yutib turgan vaqtimizda to'pni ushlab turishimiz kerak edi"

Mirjalol Normatov
14 noya 2021, 11:13
Niderlandiya termasi bosh murabbiyi Lui van Gal JCH-2022 saralashi doirasida Chernogoriya bilan o'ynalgan durang haqida gapirdi.

Qayd etish kerak, niderlandiyaliklar 82-daqiqada ham 2:0 hisobida oldinda borayotgandi.

"Barchasi o'z qo'limizda bo'lib turgan vaqtda o'zimizni ko'rsata olmadik. Nimadir deyish qiyin. Ular 5-4-1 sxemasida o'ynashdi va shu sababli hujumga o'tishga qiynaldik. 2:0 hisobida oldinda borayotganimizda esa to'pni ushlab turishimiz kerak edi. To'pni yo'qotdik va jazolandik.

Natijani to'g'ri qabul qilish kerak. O'yinni taxlil qilamiz va Norvegiyaga qarshi o'yinga tayyorlanamiz. JCHga chiqish uchun katta imkoniyatni boy berdik. Ammo guruhdagi holatimiz anchagina yaxshi", - dedi van Gal.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal