Valverde “Selta”ga qarshi bahsdan keyin nimalar dedi?

5 yanv 2018, 02:18
“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya kubogi doirasida “Selta”ga (1:1) qarshi kechgan bellashuvdan keyin o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“O'yindai ayrim holatlardan qoniqdim. Ammo raqibda ham g'alaba qozonish uchun ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. O'yin yuqori “temp”da o'tdi. Biz g'alabaga erisha olmadik. Maydon juda og'ir edi va bu o'yinchilarga qiyinchilik tug'dirdi.

Murabbiy tarkib rotaciyasi bo'yicha qaror qabul qilar ekan, bu juda katta tavakkalga asoslanadi. Chunki hamma natijaga qarab xulosa chiqaradi. Men qo'l ostimdagi tarkibdan mamnunman, o'ylaymanki, zaxiramiz etarli. Bu bugungi o'yinda yana bir bor barchaga namoyish etildi”, deya ta'kidladi “Barsa” ustozi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca