Valverde: "Inqiroz "Real"ni yanada xavfliroq qiladi"

Aslanov Jasurbek
25 okt 2018, 13:06
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Real"ga qarshi bo'lib o'tadigan LaLiganing 10-tur uchrashuvidan nimalar kutayotganini aytdi.

"Real" futbolchilari jang qilish uchun maydonga tushishadi. Inqiroz ularni yanada xavfliroq qiladi. "Qirollik klubi" avvalgidek kuchli ekanini isbotlashga urinadi. Bu haqiqatdan ham shunday, ularning jamoasida ajoyib futbolchilar bor.

Shu sababli biz "Inter"ga qarshi bahs natijasini unutishimiz, ishlashda davom etishimiz kerak" - deydi Valverde.

"Barselona" hamda "Real" o'rtasidagi uchrashuv 28 oktyabr kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com