"Valensiya" yosh futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Alisher
11 iyul 2020, 13:23
"Ko'rshapalaklar" yosh himoyachini o'z tarkiblarida saqlab qolishmoqchi.

"Valensiya" himoyachi Ugo Gilyamon bilan bitimni uzaytirmoqchi.

Futbolchining "ko'rshapalaklar" bilan tuzgan shartnomasi shu yozda yakuniga etadi, ammo klub rahbariyati o'yinchi bilan bitim uzaytirilishiga ishonchi komil.

Tomonlar yaqin haftada bo'lajak hamkorlik shartlarini muhokama qilish uchun muzokaralar o'tkazishadi.

Gilyamon "Valensiya" tarbiyalanuvchisidir, u bosh jamoada 2020 yilning fevralida debyut qildi. 20 yoshli o'yinchi joriy mavsum jamoa safida 5ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS