Urugvay TJ bosh murabbiyi bilan birga 400 nafar assotsiatsiya a'zosi iste'foga chiqarildi

Eldor Akmurzayev
28 mar 2020, 19:21
Urugvay futbol assotsiatsiyasi (AUF) koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakatdagi inqirozning oldini olish maqsadida choralar ko'rishni boshladi.

AUF tashkilotning deyarli deyarli barcha xodimlarini, shu jumladan, Urugvay milliy jamoasi ustozi Oskar Tabaresni bo'shatish to'g'risida qaror qabul qildi. Assotsiatsiyaning 400 nafar a'zosi o'z ishidan ayrilgan.

“Sog'liqni saqlash sohasidagi inqiroz va tashkilotimizning har qanday faoliyati to'xtatib qo'yilganligi tufayli, biz assotsiatsiyamizning kelajagini o'ylash maqsadida qatiy qarorlarni qabul qilishga majburmiz. Tez orada to'p yana maydonga qaytadi”, deyiladi tashkilot bayonotida.

Eslatib o'tamiz, Urugvayda 13 mart kuni barcha darajadagi futbol musobaqalari to'xtatib qo'yilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AFP