Urugvay termasining noyabr oyidagi o'yinlar uchun qaydnomasi e'lon qilindi

8 noya 2020, 03:05
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares JCH-2022 saralashi doirasidagi Kolumbiya va Braziliyaga qarshi o'yinlarga jalb qilinadigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Qaydnomaga quyidagi futbolchilar kiritilgan.

Darvozabonlar: Rodrigo Munos, Martin Silva, Martin Kampanya.

Himoyachilar: Diego Godin, Sebastyan Koates, Xose Ximenes, Agustin Oliveros, Martin Kaseres, Damian Suares.

Yarim himoyachilar: Matias Vinya, Mauro Arambarri, Lukas Torreyra, Federiko Valverde, Rodrigo Bentankur, Naytan Nandes, Nikolas De La Kruz, Brayan Rodriges, Diego Rossi.

Hujumchilar: Jonatan Rodriges, Luis Suares, Maksimiliano Gomes, Darvin Nunes, Edinson Kavani.

O'xshash yangiliklar