Urugvay - O'zbekiston uchrashuvi Rossiyada jonli ko'rsatiladi

7 iyun 2018, 13:00
O'zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga taraddud ko'rayotgan Urugvayga qarshi o'rtoqlik o'yini mundial o'tkaziladigan mamlakatning sportga ixtisoslashgan bosh kanalida jonli efirda ko'rsatiladi.

Rossiyaning "Match TV" kanali Rossiyaning Jahon chempionatidagi guruhdoshi sanalgan Urugvayning O'zbekiston bilan bo'ladigan bellashuvini jonli efirda olib ko'rsatadi. "Match TV" kanalining rasmiy saytidagi teledasturlarida Urugvay - O'zbekiston uchrashuvi jonli efirda olib berilishi yozib qo'yilgan.

Rossiyaliklar ushbu o'yinni sinchikovlik bilan kuzatishlari aniq. Chunki JCHga mezbonlik qiladigan Rossiya terma jamoasining bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov va rus matbuoti ushbu o'yinga e'tibor bilan qaramoqda.

Urugvay uchun esa mazkur bahs JCH oldidan eng ohirgi rasmiy mashg'ulot bo'ladi. Shuningdek, Urugvay mundialga yo'l olish oldidan O'zbekistonga qarshi bahsda o'z muxlislari bilan xayrlashadi.

Eslatib o'tamiz, 8 iyun kuni tongi soat 04:00da start oladigan mazkur o'yinni Sport kanali ham jonli efirda ko'rsatadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia