Uotford Arsenal himoyachisiga xaridor

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2017, 09:22
Arsenal chap qanot himoyachisi Kiran Gibbs Uotford qiziqishiga sabab bo'ldi.

Dastlab Vest Bromvich Gibbs uchun 10 million funt taklif qilgandi, London klubi buni rad qilgach Uotford 27 yoshli futbolchiga e'tibor qaratdi.

Gibbs atrofidagi vaziyatni Nyukasl ham kuzatmoqda.

O'tgan mavsumda u Nacho Monrealga raqobatni boy berib qo'ygan va atiga 8ta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com