Umtitining agentlari "Barselona" vakillari bilan ko'rishadi

Sherzod Nurmatov
5 avg 2021, 21:53
"Barselona"ning fransiyalik himoyachisi Samuel Umtitining kelajagi so'roq ostida.

Jurnalist Gabriel Sans axborotiga ko'ra, bugun himoyachining agentlari va Kataloniya klubi vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi. Unda futbolchining keyingi taqdiri muhokama qilinadi.

Oldinroq "Barselona" o'yinchidan qutulish istagida ekanligi, Umtitining o'zi esa faqatgina Chempionlar Ligasida o'ynaydigan jamoa sharafini himoya qilishni xohlayotgani ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo