Umtiti "Barsa"dan ketishga rozi, faqat CHLdagi yoki sovrin uchun kurashadigan klubga

Alisher
2 avg 2021, 07:07
Himoyachi Samuel Umtiti tez orada "Barselona"ni tark etishi mumkin.

Fransiyalik klubdan ketishga rozi, ammo bir shart bilan: u Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan yoki o'z chempionatida titul uchun kurashadigan jamoaga o'tmoqchi.

Shu sabab "ko'k-anorranglilar" 27 yoshli o'yinchini sota olmayaptilar yoki ijaraga bera olishmayapti. So'nggi haftadada "Barsa" Umtiti borasida uchta taklif oldi, ammo ular futbolchining talablariga to'g'ri kelmadi.

"Barselona" Umtitini La Liga startiga qadar boshqa jamoaga yuborishga umid qilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport