

O'yin haqida
- Juda sekin futbol o'ynadik. Vaziyatlarimiz bo'ldi, foydalana olmadik. Raqib o'z imkoniyatlaridan unumli foydalandi. 0:2 hisobidan keyin tavakkal qilib oldinga o'tishga majbur bo'ldik. Mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi. Yigitlar oxirigacha harakat qilishdi, buning uchun ularga rahmat aytgan bo'lardim. Bir ochko bo'lsa ham qo'lga kiritdik.
- Jamoa bugun kutilmaganda 2 ta gol o'tkazib yuborganiga sabab nima bo'ldi deb o'ylaysiz?
- Juda sekin o'yin ko'rsatdik. Futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi. Raqib o'yinga jiddiy tayyorlangani ko'rinib turibdi. Ruhiyat ham o'yin davomida muhim faktor hisoblanadi.



