Uels terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi

Aslanov Jasurbek
18 noya 2017
Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Kris Koulman o'z vazifasini tark etdi.

"Kris ketganidan juda xafamiz. Shu yillar ichida bajargan mehnati uchun Koulmandan doimo minnatdor bo'lamiz. Unga kelajakda eng yaxshi niyatlarni tilaymiz" - deydi Uels futbol assotsiatsiyasi vakili Jonatan Ford.

Koulman 2012 yildan beri Uels terma jamoasida ishlab, Evro-2016da uelsliklarni yarim finalgacha olib chiqdi. JCH-2018 saralashi natijalariga ko'ra, Uels mundialga chiqa olmadi.

Oldinroq, Koulman "Sanderlend"ni boshqarishga rozi bo'lgani e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com