UEFA YCHL o'yinlari vaqtini o'zgartirmoqchi

Narzulla Saydullayev
31 avg 2016, 09:02
UEFA 2018/19 yilgi mavsumdan Yevropa chempionlar ligasi o'yinlari boshlanish vaqtlariga o'zgartirish kiritmoqchi.

Seshanba va chorshanba kungi o'yinlar ikki qismga ajratiladi. Birinchisi Yevropa vaqti bilan 19.00da (23.00 Toshkent), ikkinchi qism Yevropa vaqti bilan 21.00da (01.00 Toshkent).

Eslatib o'tamiz, oldinroq 2018/19 yilgi mavsumdan Yevropa chempionlar ligasida bir qator o'zgarishlar bo'lishi haqida xabar chiqqandi. Ulardan biri Top-4 chempionat klublariga guruh bosqichida 4tadan joy kafolatlash edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de