U-16 Osiyo chempionati. O'zbekiston, KXDR, Tailand va Yaman

Narzulla Saydullayev
26 may 2016, 14:55
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatidagi raqiblari nomini bilib oldi.

Hindistonning Goa shahrida bo'lib o'tgan qur'a tashlash marosimida 16ta jamoa 4ta guruhga ajratildi. O'zbekiston terma jamoasi "D" guruhida KXDR, Tailand va Yaman bilan kuch sinashadigan bo'ldi.


Qur'a natijalari:

"A" guruhi: Hindiston, Eron, Saudiya Arabistoni, BAA

"B" guruhi: Avstraliya, Yaponiya, Vetnam, Qirg'iziston

"C" guruhi: Janubiy Koreya, Malayziya, Ummon, Iroq

"D" guruhi: KXDR, O'zbekiston, Tailand, Yaman


Ma'lumot uchun, U-16 Osiyo chempionati 2016 yil  Hindiston mamlakatida bo'lib o'tadi. Musobaqa 15 sentyabrda boshlanib 2 oktbyar kuni yakuniga etadi. Qita chempionatida yarim finalga chiqqan to'rt jamoa 2017 yil aynan Hindistonda bo'lib o'tadigan U-17 Jahon chempionatiga yo'llanma oladi. Agar mundial mezboni bo'ladigan Hindiston yarim finalga chiqsa chorak finalda mag'lub bo'lgan jamoalar o'rtasida pley-off o'yinlari bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia