Tuxel diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
11 apr 2019, 12:30
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel Fransiya chempionatining bitti o'yiniga diskvalifikaciya qilindi.

Ma'lumotlarga ko'ra, mutaxassis "Strasburg"ga qarshi Liga 1ning 31-tur bahsida qizil kartochka olgani uchun 1ta o'yinga chetlatildi. O'sha bahsda hakam Tuxelning faol etirozlari uchun uni tribunaga chiqarib yuborgan edi.

Shunday qilib, Tuxel 14 mart kuni "Lill"ga qarshi bo'lib o'tadigan bahsda jamoasini maydondan boshqara olmaydi.

45 yoshli Tuxel joriy mavsum boshida PSJ ustozi sifatida e'lon qilindi. Uning klub bilan shartnomasi 2020 yilning yozigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe