Tuxel: "Bu 180 daqiqalik o'yinning tanaffusi"

Aslanov Jasurbek
13 fev 2019, 10:29
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv (2:0) haqida fikr bildirdi.

"Ajoyib o'yin o'tkazdik deb o'ylayman. Bor e'tiborni o'yinga qaratib, muvozanatni saqlab, ehtiyotkorlik bilan harakat qildik.

O'yin tuzilmamiz tufayli o'yinni nazorat qila oldik. Birinchi bo'limda bir necha marta to'pni yo'qotdik, ammo tanaffusdan so'ng xatolarni to'g'irladik. Bu 180 daqiqalik o'yinning tanaffusi.

Di Mariya ikkinchi bo'limda ishonchli harakat qilganidan xursandman, chunki tanaffusgacha u qarshimda to'pni ko'p yo'qotdi. Ikkinchi golda u Mbappega ideal pas berdi" - deydi Tuxel.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA